Toshkent xalqaro universitetida my.gov.uz portalidan samarali foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda talabalarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan ommabop raqamli xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portalga OneID tizimi orqali kirish hamda pullik xizmatlar uchun taqdim etiladigan chegirmalar, ulardan foydalanish usullari to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Shuningdek, talabalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bo'yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.