Joriy yilning 30-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti 3-bosqich talabalari uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
O’quv-mashg’uloti davomida talaba-yoshlarga my.gov.uz portali orqali ko’rsatilayotgan ommabop raqamli xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portal orqali ariza yo’llanganda pullik xizmatlarga chegirmalar mavjudligi haqida ma’lumot berildi.
Seminar davomida Yagona portalning MyGov mobil ilovasi qulayliklari ham sanab o’tildi. Bunda MyID yuzni tanish yordamida identifikatsiyadan o'tish bo'yicha yaratilgan imkoniyatlar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.