TDIU talabalari raqamli xizmatlar bilan yaqindan tanishdi!

TDIU talabalari raqamli xizmatlar bilan yaqindan tanishdi!

21 may 2026

Bugungi shiddatli raqamli davrda qog‘ozbozlik va navbatlar o‘tmishga aylanmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) talabalari uchun tashkil etilgan seminar-trening aynan shu mavzuga — raqamli davlat xizmatlarining qulayliklari va amaliy ahamiyatiga bag‘ishlandi.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan trening davomida yoshlarga hozirgi kunda muhim bo’lgan quyidagi yo‘nalishlar batafsil yoritib berildi:

  • Yagona portalda talabalar va yoshlar uchun joriy etilgan eng so‘nggi va interaktiv xizmatlar;
  • my.gov.uz mobil ilovasi orqali “raqamli hujjatlar”dan to’g’ri foydalanish imkoniyatlari;
  • portalning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus moslashtirilgan qulay funksiyalari hamda ulardan teng huquqli foydalanish tartibi.

Seminar ma’ruza shaklida o‘tmadi. Talabalar real vaqt rejimida mobil ilova va portal imkoniyatlarini o‘z smartfonlarida sinab ko‘rib, mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Raqamli xizmatlar — qulay, tezkor va barcha uchun teng imkoniyat!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр