26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Togʻ-kon va geologiya sohasiga sunʼiy intellekt joriy etiladi

Togʻ-kon va geologiya sohasiga sunʼiy intellekt joriy etiladi

10 iyun 2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Geologiya va togʻ-kon sanoati iqtisodiyotimizning drayveri hisoblanadi (2025-yilda jami sanoat mahsulotining 20%ini tashkil etdi). Endilikda sohani tubdan transformatsiya qilish boshlanmoqda.
 
Asosiy raqamlar va kutilayotgan natijalar:

  • 2030-yilgacha sohaga $30 mlrddan ortiq investitsiya jalb qilinadi.
  • 36 mingdan ortiq hisobotlar raqamlashtirilib, konlarni modellash 2 karra tezlashadi.
  • Mahsulot tannarxi 10%ga pasayadi, yangi konlarni ochish muddati 2 marta qisqaradi.
  • Kelgusi 5 yilda oltin zaxirasini 879 tonna, kumushni 510 tonna, misni esa 676 ming tonnaga oshiriladi.

Raqamlashtirish qaysi korxonalarni qamrab oladi?
 
Yaqin yillarda 6 ta yirik gigant korxona (NKMK, OKMK, Navoiyuran, Oʻzmetkombinat, Oʻzbekkoʻmir, Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati) va geologiya tizimida AI hamda raqamli texnologiyalar boʻyicha 44 ta loyiha amalga oshiriladi.
 
Natijada operatsion samaradorlik 7 foizga, energiya tejamkorligi 8 foizga oshadi, inson omili bilan bogʻliq xavflar esa 15 foizga kamayadi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр