"Zamin" fondi, Ekologiya vazirligi va shahar hokimligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Daraxtlar reyestri” loyihasi orqali 400 mingdan ziyod daraxt green.tashkent.uz onlayn platformasiga kiritildi.
Daraxtlar raqamlashtirilgandan so‘ng, ularning navi, holati, yoshi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha dendrolog mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.
Yashil maydonlarning raqamli xaritasi shahar aholisi turmush tarzini yaxshilash va Toshkentning tabiiy muhitini saqlab qolishga yordam beruvchi shaharsozlik, ekishni rejalashtirish va yashil ko‘chatlarni parvarishlash, yashil hududlarni muhofaza qilish hamda tiklash ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda samarali vositaga aylanishi lozim.