Tovarlarning ekspertiza xulosasi elektron taqdim etilmoqda

Tovarlarning ekspertiza xulosasi elektron taqdim etilmoqda

17 iyul 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga  olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini raqamlashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Bojxona qo‘mitasi tomonidan Bojxona omborlarida yuk operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqilib, shu kunga qadar unda 368 ta bojxona omborlari ro‘yxatdan o‘tgan.

Mazkur tizim tufayli tashuvchilarning tovarni manzilga yetkazganini tasdiqlash uchun yo‘l yuk hujjatlari bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bojxona postiga borib murojaat qilish, shuningdek, yetkazilgan tovarni transportdan tushirish uchun Bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD)ni taqdim etish amaliyotlari bekor qilinishiga erishildi.

Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan Tovarlarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan “E-Ekspertiza” axborot tizimi sinov tariqasida ishga tushirilib, qisqa muddatda 5 mingdan ortiq tovarlarning ekspertiza xulosalarini elektron taqdim etishga muvaffaq bo‘lindi.

Shu bilan birga ushbu axborot tizimi orqali respublika hududiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish chog‘idagi ekspertiza xulosalarini tayyorlash jarayonlari avtomatlashtirilib, hozirda uni amaliyotga to‘liq joriy etish ishlari davom etmoqda.         

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр