Joriy yilning 21-24 noyabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) tomonidan tashkil etilgan "Mahalliy darajada raqamlashtirishni tarqatish uchun Milliy salohiyatni mustahkamlash" (Strengthening National Capacities for Spreading Digitalization at Local Levels) mavzusidagi xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti va O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida O'zbekistonning 14 shahrida mahalliy onlayn xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari ham taqdim etildi.
Shuningdek, konferensiya doirasida UN DESA bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.