Bugun, 17-sentyabr kuni Urganch raqamli texnologiyalar texnikumida talabalarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida mutaxassislar my.gov.uz portalining yoshlarga eng kerakli funksiyalarini amaliy misollar bilan ko‘rsatib berishdi.
Tadbir so‘ngida talabalar mutaxassislar bilan erkin muloqot qilib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar. Bunday amaliy mashg‘ulotlar orqali Urganch yoshlari nafaqat zamonaviy kasblarni egallashga qiziqishdi, balki raqamli texnologiyalar yordamida hayotni yanada qulay va samarali qilish mumkinligini ham anglashdi.