Urganchda talabalarga elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkazildi

Urganchda talabalarga elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkazildi

19 sentyabr 2025

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan “my.gov.uz orqali elektron xizmatlardan samarali foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda institutning 2-bosqich talabalari ishtirok etib, Yagona portal orqali taqdim etilayotgan eng ommabop xizmatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, OneID tizimi orqali kirish imkoniyatlari va pullik xizmatlarga chegirmalar haqida ma’lumot olishdi. “Sog‘liqni saqlash” va “Fuqarolik” sohalariga oid xizmatlardan foydalanishni esa amaliy mashg‘ulotlarda sinab ko‘rishdi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirishga va elektron xizmatlardan keng foydalanish targ‘ib bo’lishiga xizmat qiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр