O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri

Xalqaro e’tirof: Raqamli hukumat markazi ISO 9001 va ISO 37001 sertifikatlariga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi

07 sentyabr 2026

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi ISO 9001 hamda ISO 37001 xalqaro standartlari bo‘yicha qayta sertifikatlash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib, tegishli xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

O‘tkazilgan nufuzli audit natijalariga ko‘ra, Markaz faoliyatida hech qanday tanqidiy nomuvofiqliklar aniqlanmadi. Bu esa muassasada sifatli boshqarish hamda korrupsiyaga qarshi samarali tizim to‘liq shakllanganini amalda isbotlaydi.

Xalqaro standartlar nima beradi?

⏺ISO 9001 (Sifat menejmenti tizimi) — davlat xizmatlari va raqamli loyihalarni boshqarishda yuqori sifat, aniq rejalashtirish hamda samaradorlikni ta’minlaydi.
⏺SO 37001 (Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) — tashkilot faoliyatida halol, shaffof va korrupsiyaga murosasiz ish muhiti yaratilganining kafolatidir.

Ushbu muvaffaqiyat Markaz rahbariyati ko‘magi, Korrupsiyaga qarshi (komplaens) nazorat bo‘limining tizimli faoliyati va butun jamoaning mas’uliyatli mehnati natijasidir.

E’tirof etilgan xalqaro sertifikatlar — bu erishilgan natija bilan cheklanmay, fuqarolar va davlat organlari uchun yanada sifatli, shaffof hamda xavfsiz raqamli xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lidagi yangi bosqichdir.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр