Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

10 dekabr 2025

Aksilkorrupsiya oyligi doirasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Unda davlat organlarida halollik standartlarini mustahkamlash va korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umid Mavlonov ishtirok etib, soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, strategik vazifalar, davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbir yakunida vazirlik tizimidagi ichki nazorat tuzilmalari faol xodimlari o‘z xizmat burchini namunaviy bajarganliklari uchun taqdirlandilar. Shuningdek, sohada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha xizmat qilgan va namunaviy faoliyat olib borgan xodimlar ham alohida e’tirof etildi. E’tiborlisi, ular orasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimi ham bor.

Mazkur uchrashuv davlat organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, mas’ul xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр