Xitoyda sun’iy intellektga asoslangan dunyodagi birinchi shifoxona tashkil etildi

Xitoyda sun’iy intellektga asoslangan dunyodagi birinchi shifoxona tashkil etildi

12 may 2025

Pekinning Sinxua universiteti toʻliq sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan dunyodagi birinchi shifoxonaga asos soldi.

Qayd etilishicha, “Agent shifoxonasi” deya nomlangan bu muassasada 14 nafar virtual shifokor va 4 nafar hamshira faoliyat koʻrsatadi.

Virtual tibbiyot xodimlari kuniga 3 000 nafargacha bemorga tashxis qoʻyish, davolash va boshqarish imkoniyatiga ega boʻlishi kutilmoqda. Tizim bir necha kun ichida 10 ming holatni koʻrib chiqadi — bu shifokorlar ikki yilda bajaradigan ish. Bu, ayniqsa, mutaxassis yetishmaydigan hududlarda as qotadi.

Maʼlumotlarga koʻra, robot shifokorlar AQSHning tibbiy litsenziyalash imtihonidan 93 foizdan ortiq aniqlik bilan oʻtishga muvaffaq boʻlgan. Ular avvalgi tibbiy sunʼiy intellekt tizimlaridan farqli oʻlaroq, faqatgina tasvirlarni tahlil qilib qolmay, bir nechta sohalarda mutaxassislik xizmatini taklif etadi.

Robotlar bemorlarga gʻamxoʻrlik qilishdan tashqari, ushbu kasalxona tibbiyot talabalari uchun virtual muhitda haqiqiy bemorlarga hech qanday xavf tugʻdirmasdan sohasi boʻyicha malaka oshirishi imkoniyatini beradi.

Ushbu shifoxona katta texnologik yutuq boʻlsa-da, hali ommaga taqdim etilganicha yoʻq.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр