

Fransiya hukumati davlat xizmatlari tizimida foydalanish uchun yagona milliy AI chatbot ishlab chiqishga 655 million yevro investitsiya ajratishini ma’lum qildi.
OECD: davlatlar raqamlashtirishdan natija olish bosqichiga o‘tmoqda
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ilk bor «Digital Government Outlook 2026» hisobotini e’lon qildi. Hisobotda davlatlar raqamli infratuzilma yaratish bosqichidan uning real samaradorligini baholash bosqichiga o‘tayotgani qayd etilgan.
OECD ma’lumotlariga ko‘ra, a’zo davlatlarning 92 foizida davlat sektori uchun AI (sun’iy intellekt) strategiyasi qabul qilingan, ammo 75 foiz mamlakatlarda raqamli texnologiyalarga sarflangan mablag‘larning natijadorligini hali to‘liq baholash darajasiga chiqilgan emas.
Estoniya sun’iy intellekt agentlari uchun raqamli ID joriy etadi
Estoniya hukumati sun’iy intellekt agentlari uchun rasmiy raqamli identifikatsiya tizimini joriy etish rejasini ma’lum qildi. Tashabbus amalga oshsa, AI agentlari inson yoki tashkilot nomidan ma’lum xizmatlarni bajarishi, biroq ularning vakolati va javobgarligi aniq belgilanishi mumkin bo‘ladi.
Maqsad — sun’iy intellekt ishtirokidagi davlat xizmatlarida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash.
Fransiya davlat xizmatlari uchun milliy AI platformasini ishga tushiradi
Fransiya hukumati davlat xizmatlari tizimida foydalanish uchun yagona milliy AI chatbot ishlab chiqishga 655 million yevro investitsiya ajratishini ma’lum qildi.
Loyiha davlat xizmatchilarining ishini yengillashtirish va aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga mamlakat xorijiy sun’iy intellekt platformalariga qaramlikni kamaytirish siyosatini kuchaytirmoqda.
Yaponiya davlat boshqaruvida sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirmoqda
Raqamli transformatsiya vaziri Masaaki Matsumoto ta’kidlashicha, «Government AI GENAI» tashabbusidan maqsad davlatning o‘zi sun’iy intellekt texnologiyalaridan faol foydalanish orqali aholi o‘rtasida sun’iy intellektni ommalashtirishga qaratilgan.
Ekspertlarga ko‘ra, Yaponiyaning ushbu yondashuvi davlat sektorining AI texnologiyalarini joriy etishda faqat samaradorlikka emas, balki fuqarolar ishonchi va texnologiyalar xavfsizligiga ham ustuvor ahamiyat qaratayotganini ko‘rsatadi.
Lyuksemburg raqamli ID strategiyasini qabul qilish bosimi ostida
OECD baholashiga ko‘ra, Lyuksemburg raqamli xizmatlar bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan bo‘lsa-da, mamlakat hali milliy raqamli identifikatsiya strategiyasini rasman tasdiqlamagan davlatlar qatorida qolmoqda.
Lyuksemburg bilan birga, IHTTga a’zo mamlakatlardan Bolgariya, Kanada, Peru, Ruminiya va Turkiya bu borada o‘z strategiyasi mavjud bo‘lmagan mamlakatlar deya sanab o‘tilgan.