Yangi avlod va raqamli hukumat: hamkorlikka asoslangan yondashuv

Yangi avlod va raqamli hukumat: hamkorlikka asoslangan yondashuv

24 aprel 2025

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Toshkentdagi oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Bugun, 24-aprel kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda filial direktori Mahmudjon Ziyadullayev hamda universitet talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda markaz vakillari talabalarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlar, OneID tizimi va raqamli xavfsizlik masalalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berishdi.

Talabalar davlat xizmatlaridan qanday foydalanish mumkinligi, xizmatlar uchun berilgan chegirmalar va ularning amaldagi mexanizmlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, Data Markaz faoliyati va ma’lumotlar xavfsizligi borasidagi yechimlar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida axborot texnologiyalari va dasturlash sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, tomonlar o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish, malakali mutaxassislarni jalb etgan holda qo‘shma loyihalar qilish va filial o‘quv jarayonini axborot bilan ta’minlash bo‘yicha kelishib olishdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр