Yangi elektron tizim: “Iste’molchi murojaati” rasman ishga tushdi

Yangi elektron tizim: “Iste’molchi murojaati” rasman ishga tushdi

01 dekabr 2025

“O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yana bir muhim qadam tashlandi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Iste’molchi murojaati” elektron tizimi 1 dekabrdan o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi platforma orqali fuqarolar va tadbirkorlar o‘z murojaatlarini onlayn tarzda yuborishi, ularning ko‘rib chiqilish jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borishi, shuningdek, yakuniy natija bilan tanishishi mumkin.

Tizim quyidagi manzil va ilovalar orqali amalga oshiriladi:

Ushbu tizimning ishga tushirilishi iste’molchilar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va qulay tarzda tashkil etishga xizmat qiladi.

Endilikda har bir murojaat elektron tarzda ro‘yxatga olinadi va fuqaro uning qanday bosqichda ekanini onlayn tarzda bilib borishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur yangilik iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda yangi bosqichni boshlab, aholi uchun xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр