Farovon hayotimiz kafolati

Farovon hayotimiz kafolati

07 dekabr 2021

Bosh qonun insonning huquq va erkinliklarini himoyalash, jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda muhim asos hisoblanadi.

1992-yilning 8-dekabr kuni qabul qilingan Mustaqil O‘zbekistonimiz Konstitutsiyasi ham mamlakatimiz xalqi uchun qadrlidir. Uning loyihasini tayyorlashda uchta asosiy manba: ko‘p asrlik milliy huquqiy merosga, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga va xorijiy konstitutsiyaviy tajribaga tayanilgan.

Jumladan, Bosh qomusimizning tub ildizi buyuk ajdodimiz Amir Temur qoldirgan bebaho meros, hatto dunyoning qator davlatlari o‘z boshqaruvida qo‘llagan mashhur “Temur tuzuklari”ga ham borib taqaladi.

Shunday ekan, bugun mamlakatimiz tanlagan yo‘l va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotgan muvaffaqiyatlar Konstitutsiyadagi qoidalarni hayotga tatbiq qilishimizning amaliy natijalaridir.

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bugun 29 yilligi keng nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan siz aziz yurtdoshlarimizni chin dildan muborakbod etadi!

Niyatimiz, Vatanimiz mustaqilligining yorqin ramzi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamiz qadri hamisha yuksalaversin!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр