TAYINLOV

TAYINLOV

28 dekabr 2021

Bugun, 28-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markaziga Muxitdinov Aziz Xakimovich direktor etib tayinlandi.

Muhitdinov Aziz Hakimovich 1985-yil Toshkent shahrida tavallud topgan.

Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya texnologiyalari universitetini tamomlagan. Ma’lumoti oliy.

Iqtisod fanlari nomzodi. O‘z faoliyatini 2008 – 2012-yillarda «O‘zbektelekom» AKda mutaxassis va bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan.

2012 – 2017-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2017-2018-yillarda «UZINFOCOM» DUK direktorining birinchi o‘rinbosari, direktor vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yildan shu kunga qadar «UNICON.UZ» DUK direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab keldi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр