Avvallari soliqlar kassaga borib, turnaqator navbatlar kutib, asabiylashish bilan toʻlangan boʻlsa, hozirga kelib maxsus dastur va ilovalar bu kabi ishlarni onlayn bitirish imkoniyatini taqdim etmoqda. Shuningdek, raqamlashtirish tufayli shaffoflik, qulaylik ortib, tashkiliy ishlar tartibli kechmoqda.
“Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida raqamlashayotgan soliq tizimi faoliyati bilan tanishamiz. Soliq organlari bilan oʻzaro munosabatlardagi asosiy nuqtalar va muammolar haqidagi savollar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi Dildora Hoshimovaga yuzlandik.