"Qulay hayot" loyihasining navbatdagi sonida Transport vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi mas’ullari Zayniddin To‘raxo‘jayev hamda Azamat Jo‘rayevlar bilan sohaning yutuqlari, yangiliklari va dolzarb masalalari haqida suhbatlashdik.
Guvohi bo‘ldikki, raqamlashtirish transport tizimini yaxshi tomonga o‘zgartirmoqda. Raqamli yechimlarni keng joriy etish tufayli: elektron chiptalar, onlayn jadvallar, transportni kuzatish tizimlari, yo‘lovchilar uchun mobil ilovalar yaratildi.
Jamoat transportini integratsiyalash mahsuli bo‘lgan ATTO tizimi turli transport turlarini yagona tarmoqqa birlashtirib, yo‘lovchilarning jamoat transportlaridan qulay va arzon foydalanishlariga yo‘l ochdi.
Interaktiv xizmatlarning rivojlanishi orqali esa yo‘lovchilar marshrutlarni rejalashtirishi, transport harakatini kuzatishi, chiptalarni bron qilishi va boshqa foydali ma’lumotlarni real vaqt tartibida olishlari mumkin bo‘ldi.
Bu yutuqlarning barchasi aholining hayot sifatiga bevosita ta’sir qiladi:
Shuningdek, sohani raqamlashtirish orqali intellektual transport tizimlarini joriy etish: marshrutlarni optimallashtirish, svetoforlarni boshqarish, tirbandliklarni kamaytirish, yo‘lovchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratish, yuk tashishni raqamlashtirish orqali elektron hujjatlar, yuklarni kuzatish, logistika jarayonlarini maqbullashtirishga erishish kabi istiqbolli loyihalar ustida ham ishlanmoqda.
Mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni tomosha qiling hamda O‘zbekiston transport tizimining yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida kengroq bilib oling!