Bank tizimini raqamlashtirishning asosiy maqsadlaridan biri mijozlar uchun bank xizmatlarining qulayligi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashdan iboratdir. Mobil qurilmalar va Internetning rivojlanishi bilan mijozlar istalgan vaqtda va istalgan joyda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlashadi. Raqamli innovatsiyalar banklarga mobil ilovalar va onlayn-banking orqali keng ko‘lamli xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi, bu esa moliyaviy boshqaruvni yanada moslashuvchan va qulay qiladi.
“Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida bugunga kelib bank sektori qanday rivojlanayotgani va uni qanday kelajak kutayotganini muhokama qilamiz.
Bank tizimida raqamlashtirish jarayonlari, yangiliklar va mavjud muammolar xususida Aloqabank AT boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Mahkamovga yuzlanamiz.