Yagona identifikatsiya tizimi

One ID - Yagona identifikatsiya tizimi barcha foydalanuvchilar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallaridan qulay foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.

id.egov.uz

One ID - YAIT bir qator xizmatlarni taqdim etish uchun veb-saytlarga foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchilar One ID - YAITda o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan login, parol, F.I.Sh., JSHSHIR va hokazolarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak.

Veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi One ID - YAITda ro‘yxatga olingan foydalanuvchi nomi va parolini kiritishi kerak. Shundan so‘ng, tizim kiritilgan ma’lumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikatsiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi.

One ID - YAIT shuningdek, veb-saytlarga bir martalik parol va elektron raqamli imzo yordamida foydalanuvchilarning qo‘shimcha autentifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Buning uchun so‘rov parametrlarida sizga qulay bo‘lgan autentifikatsiya turini ko‘rsatishingiz kerak.

2 381 226

Tizimda foydalanuvchilar soni

21 050

Har kuni ro‘yxatdan o‘tuvchilar soni

Xavfsizlik va haqiqiylik

Yagona identifikatsiya tizimida shaxs haqiqiyligini tasdiqlash uchun foydalanuvchi elektron raqamli imzoni taqdim etishi kerak. Shunday qilib, haqiqiy shaxsning Internetdagi foydalanuvchi bilan muvofiqligi ta’minlanadi. Bu bizga eng ilg‘or davlat xizmatlarini onlayn tarzda taqdim etish imkonini beradi. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashganligi sababli barcha shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘ldirishga hojat qolmaydi, mazkur ma’lumotlar avtomatik ravishda yuklanadi va o‘z vaqtida yangilanadi (masalan, familiya yoki ro‘yxatdan o‘tish manzili o‘zgartirilganda).

Bir akkaunt – Raqamli hukumatning barcha tizimlari

One ID ning E-hukumatning barcha tizimlari bilan integratsiyalashuvi barcha tegishli resurslarga kirish uchun bitta akkauntdan foydalanish imkonini beradi. One ID akkauntingizdan foydalanib, barcha xizmatlar va servislardan foydalanishingiz mumkin.

Boshqa saytlar bilan integratsiya qilish

Agar siz veb-sayt egasi bo‘lsangiz va har qanday xizmatlarni (bank, elektron tijorat va h.k.) taqdim etish uchun foydalanuvchini haqiqiyligini aniqlashni istasangiz, One ID qonuniy va qulay usuldir. Yagona identifikatsiya tizimi qonun bilan mustahkamlangan. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq, Yagona identifikatsiya tizimidan olingan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi.

Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish

Agar siz jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot (kompaniya) rahbari bo‘lsangiz, o‘z kabinetingizda tashkilotingizni qo‘shishingiz mumkin. Buning uchun tashkilot rahbari nomiga olingan ERIni One ID tizimidagi kabinetingizda ochishingiz kerak. Yuridik shaxsni qo‘shish orqali siz tashkilotingiz nomidan davlat xizmatlaridan foydalanish huquqini boshqa foydalanuvchilarga (xodimlaringizga) topshirishingiz mumkin.

Moslashuvchan interfeys

Boshqa loyihalar

O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali

Ishlab chiqish

Hamkorlik

https://data.egov.uz/
O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр