Elektron xizmatlar

Elektron davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʼrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 728-son qaroriga asosan “Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʼgʼrisida nizom” tasdiqlangan va ushbu Nizomga asosan Yagona portalning ishlash faoliyati tartibga solingan.

Elektron hukumat toʼgʼrisidagi qonunga muvofiq, elektron davlat xizmati - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʼllanilgan holda koʼrsatiladigan davlat xizmati.

Elektron xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat tashkilotlariga koʼrsatiladi.

Elektron davlat xizmatlari 3 turga boʼlinadi bular:

1. Аxborot turdagi xizmatlar

2. Interaktiv xizmatlar

3. Tranzaksion xizmatlardir

Аxborot turidagi xizmati bu xizmat boʼyicha maʼlumot boʼlib unda qayerda kim tomonidan qaysi manzilda kabi maʼlumotlar beriladigan xizmatlardir. Interaktiv xizmatlar ariza yuborish va natijasini olish uchun kerakli tashkilotga borish orqali olinadigan xizmatlar yani ariza berasiz xizmat koʼrsatuvchi tomondan inson omili ishtirokida qabul qilib koʼrib chiqiladigan xizmatlar xisoblanadi. Tranzaksion xizmatlarga ariza berish va oxirgi natijagacha onlayn tarzda axborot tizimlari ishtirokida olinadigan xizmatlar kiradi

2024-yil I chorak yakuni bo'yicha Yagona portal orqali 595 ta davlat xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Birgina, 2023-yilda Yagona portalda jami 200 ta xizmatlar joriy etildi va takomillashtirildi. 2024-yilda Yagona portalda talabgorligi yuqori boʼlgan 170 ta elektron davlat xizmatlarini joriy etish hisobiga Yagona portaldagi davlat xizmatlari sonini 700 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Elektron davlat xizmatlari sohasidagi oʼzgarish va yangiliklarni muntazam aholiga yetkazish maqsadida

Yagona portalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan (https://t.me/MyGovUz, https://www.instagram.com/my.gov.uz/, https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A).

Shuningdek, Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan savollar hamda takliflarga javob berish, texnik nosozliklarni bartaraf etish maqsadida qayta aloqa tizimi, xususan, 1242 qisqa telefon raqami, telegram bot (@myGovUzSupportBot) faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.

Davlat xizmatlari markazlari uchun maxsus modulda 300 dan ortiq davlat xizmatlari mavjud boʼlsa, pochta boʼlimlari uchun “Yagona agent kabineti”da 80 ga yaqin davlat xizmatlari mavjud.

Yoʼnalish boʼyicha keyslar

Mavzu boʼyicha yangiliklar

Farg’ona tumanida “MY.GOV.UZ” portalidan samarali foydalanish bo’yicha seminar-trening bo’lib o’tdi
21 dekabr 2023
Elektron xizmatlar ulushini 70 foizga yetkazish ko‘zlanmoqda
28 mart 2023
1-iyuldan mobil davlat xizmatlari ko‘paytiriladi
01 mart 2023
Esingizdami?...
17 yanvar 2023
My.gov.uz da hech qanday tashrif va hujjat talab qilmaydigan xizmatlar soni oshdi
30 dekabr 2022
2022-yilgi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rni sezilarli yuqoriladi
28 dekabr 2022
Aholiga elektron hukumat imkoniyatlari va my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish joylarga chiqib o‘rgatilmoqda
13 oktyabr 2022
Loyiha Urganchda katta qiziqish bilan kutib olindi
12 oktyabr 2022
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр